IXLOS SCHOOL — bu yangi avlod xususiy maktabi. Bizning eng katta farqimiz: faqat dars berish emas, balki har bir bolaning ichki ishonchini, ixlosini va intilishini uyg‘otish. Chunki biz ishonamiz: bilim ixlos bilan o‘zlashtiriladi. Shuning uchun maktabimiz “Ixlos” deb nomlangan.
2 qavatli va 200 ta o’quvchiga mo’ljallangan maktab binosi
Sport bilan shug’ullanish uchun maydonchalar
Ovqatlanish uchun oshxona
IT va robototexnika to'garaklari
Avtobus yo‘nalishlari: Chirchiq, Uchqo‘rg‘on, Yashnobod, shahar ichkarisi
Ixlos bu faqat maktab brendi emas, bu bizni olgan mas'uliyat ko'rsatkichimiz
IXLOS SCHOOL — bu yangi avlod xususiy maktabi. Bizning eng katta farqimiz: faqat dars berish emas, balki har bir bolaning ichki ishonchini, ixlosini va intilishini uyg‘otish. Chunki biz ishonamiz: bilim ixlos bilan o‘zlashtiriladi. Shuning uchun maktabimiz “Ixlos” deb nomlangan.
Ixlos school o'quvchilariga individual yondashuv va zamonaviy metodikalar bilan yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Bizning tajribali o'qituvchilarimiz har bir bolaga alohida e'tibor qaratib, ularni yangi yutuqlarga ilhomlantiradi.
Farzandingiz kelajagi uchun maxsus metodika asosidagi dastur!
Aniq fanlar va kasbga yo‘naltirilgan chuqurlashtirilgan ta’lim
O‘quvchilarning xalqaro va milliy musobaqalardagi yutuqlari
Malakali va sertifikatlangan o‘qituvchilar jamoasi
Zamonaviy infratuzilma va raqamli platforma
/01
/03
/02
/04
IXLOS SCHOOL 5–11-sinflar uchun matematika, ingliz tili va IT fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitadi. 10–11-sinflarda esa ACCA, SAT, IELTS, buxgalteriya va IT yo‘nalishlari bo‘yicha kasbga yo‘naltirilgan ta’lim beriladi. Bu yondashuv o‘quvchilarga maktabni nafaqat bilim, balki amaliy ko‘nikmalar bilan tamomlash imkonini beradi.
IXLOS SCHOOL o‘quvchilari mental arifmetika, shaxmat va boshqa fanlar bo‘yicha xalqaro va Respublika miqyosidagi musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan. Masalan qisqa muddat ichida mental arifmetika bo‘yicha 21 nafar chempion, shaxmatda esa 6 nafar respublika chempioni yetishgan. Bu maktabning ta’lim sifati va o‘quvchilarning rivojlanishiga bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatadi.
Maktabda o‘qituvchilar tanlovi qat’iy mezonlar asosida amalga oshiriladi. Asosiy o‘qituvchilar kamida 5 yillik tajribaga ega bo‘lishi va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi shart. Yordamchi o‘qituvchilar uchun esa ingliz tilidan IELTS 7 darajasi talab etiladi. Bu yondashuv yuqori sifatli ta’limni ta’minlaydi.
Maktabda har bir sinfxona elektron doskalar bilan jihozlangan, IT xonasida esa 40 ta zamonaviy kompyuter mavjud.IXLOS SCHOOL o‘zining raqamli platformasiga ega bo‘lib, unda kundalik vazifalar, baholar va ota-onalar uchun monitoring tizimi mavjud. Bu raqamli yondashuv ta’lim jarayonini yanada samarali va shaffof qiladi.
2025-2026 o’quv yiliga ro’yhatdan o’ting
Eng yaxshi shartlar asosida hoziroq ro’yxatdan o’ting
Siz bilan tez orada bizning mutaxassislarimiz bog’lanishadi
Ma’lumotlaringiz maxfiy tarzda saqlanadi
Qabul bosqichlari
Maktabimizga qabul qilish jarayoni oson va tushunarli. Biz farzandingizning o'qish imkoniyatlarini maksimal darajada ochib berish uchun quyidagi 7 bosqichni tayyorladik:
/01
/05
/06
/07
/04
/02
/03
Ariza qoldirasiz
Bizning veb-saytimizda ariza shaklini to'ldiring, farzandingiz haqida asosiy ma'lumotlarni va aloqa ma'lumotlarini ko'rsating.
Arizangiz topshirilgandan so'ng, bizning mutaxassislar siz bilan bog'lanib, tafsilotlarni aniqlashtirish va dastlabki maslahat berishadi.
Test va suhbat natijalariga ko'ra, biz tahlil o'tkazamiz va o'quv jarayonimizning farzandingiz ehtiyojlariga mos kelishini aniqlaymiz.
Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tgandan so'ng, sizni shartnoma imzolash va o'qish shartlarini muhokama qilish uchun taklif qilamiz.
Farzandingiz maktabimiz jamoasining bir qismiga aylanadi. Biz o'qish jarayonida silliq moslashuv va qo'llab-quvvatlashni ta'minlaymiz.
Sizni va farzandingizni maktabimizga tashrif buyurib, bizning muhitimiz va o'qituvchilar tarkibi bilan tanishishga taklif qilamiz.
Farzandingiz bilim darajasini aniqlash uchun test topshiradi va pedagoglar bilan suhbat o'tkazadi, uning qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash maqsadida.
Natijalarni tahlil qilish
Shartnoma imzolash
Qabul qilish va moslashuv
Suhbat
Konsultatsiya
Maktabga tashrif
15%
30%
45%
60%
75%
90%
100%
Maktabdagi qo’shimcha mashg’ulotlar
Maktab platformasida:
Har hafta test natijalari joylanadi
Uy vazifalari ko‘rinadi
Baholashda yolg‘on yo‘q — qanday baho olgan bo‘lsa, shuni oladi
Ota-onalar farzandining harakatini onlayn nazorat qila oladi
Bizning qo'shimcha mashg'ulotlarimiz o'quvchilarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga qaratilgan. Bu mashg'ulotlar orqali ular nafaqat akademik bilimlarini boyitadi, balki ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini ham rivojlantiradilar.
Bu turli faoliyatlar o'quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydi, ularni kelajakdagi muvaffaqiyatli hayotga tayyorlaydi va o'z qiziqishlari va iste'dodlarini kashf etishlariga yordam beradi. Bizning maqsadimiz – o'quvchilarimizni bilimdon, ijodkor va jamiyat uchun foydali shaxslarga aylantirishdir.
Qo’shimcha mashg’ulotlar
Maktab 4 ta yo‘nalish bo‘yicha sherik avtopark bilan ishlaydi. Avtobuslar GPS orqali nazorat qilinadi — ota-onalar farzandining yo‘nalishini real vaqt rejimida kuzatish imkoniga ega. Bola chiqmasa — 3 marta qo‘ng‘iroq qilinadi, javob bo‘lmasa, avtobus ketadi.
IXLOS SCHOOL nafaqat bilim, balki odob, intizom va qadriyatlarni ham singdiradi. O‘quvchilarga salomlashish, kitob o‘qish, jim turish, o‘qituvchiga hurmat kabi qadriyatlar 0 dan o‘rgatiladi. Har bir bola toza muhitda ulg‘ayadi.
O‘quvchilar intellektual va jismoniy rivojlanishlari uchun kerakli barcha sharoitlar bilan ta’minlangan:
Ochiq tizim va shaffof monitoring
GPS nazoratli xavfsiz transport xizmati
Tarbiyaviy yondashuv va qadriyatlarga asoslangan muhit